Jo Bayden davlat qarzi bilan bog'liq vaziyat tufayli ikki davlatga tashrifini bekor qildi

    Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Avstraliyaga QUAD sammiti va Papua-Yangi Gvineyaga bo'lajak tashrifini bekor qildi. U kutilayotgan defolt oldidan davlat qarzi bo'yicha muzokaralarga ko'proq vaqt ajratishga qaror qildi.

    Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning aytishicha, Bayden Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bilan telefonda gaplashgan va safarni keyinga surganini aytgan. Amerika rahbari Albanezeni AQSHga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi.

    Papua-Yangi Gvineyaga tashrifni bekor qilish masalasini ushbu mamlakat Bosh vaziri bilan aloqada bo'lgan Prezident jamoasi hal qiladi.

    Shu bilan birga, Baydenning Yaponiyaga safari tasdiqlandi. U Xirosimadagi G7 yig'ilishida ishtirok etadi.

    AQSH Prezidenti Kongress rahbariyati bilan muzokaralarni davom ettiradi, unda siyosatchilar bir necha kundan buyon defoltga yo'l qo'ymaslik masalasiga yechim topishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.