Jo Bayden muddatidan oldin iste'foga chiqmacligini ma'lum qildi

    AQSh Prezidenti bo'lajak saylovlargacha prezidentlik faoliyatini davom ettirish niyatida.

    AQSh yetakchisi Jo Bayden muddatidan oldin iste'foga chiqmaydi va muddati tugaguncha prezident bo'lib qoladi. Bu haqda siyosatchi X ijtimoiy tarmog'ida aytib o'tdi.

    Eslatib o'tamiz, 21-iyul kuni Bayden saylov poygasidan chiqishini e'lon qilgan edi. Bu AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp bilan kechgan debatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan keyin demokratlarning bosimidan so'ng sodir bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.