Bu erda Bayden AQSH elchixonasi xodimlari va ularning oilalari bilan uchrashdi.

Shundan so'ng Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Karlingford qasriga yo'l oldi. Bu Baydenning ajdodlari tarixi bilan bog'liq bo'lgan Irlandiya tashrifning asosiy manzillaridan biri: Oq uy rahbarining ota-bobolari irlandiyalik bo'lgan, XIX asrda yuzaga kelgan buyuk ocharchilik paytida ular AQSHga ko'chib borishgan. Tashrif juma kuni yakunlanadi.

Baydenning Shimoliy Irlandiyaga safari ham ramziy ma'noga ega bo'ldi. Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Belfastda yunionistlar va respublikachilar o'rtasidagi o'nlab yillar davom etgan ziddiyatga barham bergan “Yaxshi juma” bitimi imzolanganining 25 yilligini nishonladi. U yerda u Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va mahalliy rahbarlar bilan uchrashdi va ularni institutsional boshi berk ko'chadan chiqishga va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi, deb xabar beradi euronews.com.