Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini e'lon qildi

    Dolzarb 21 Iyul 2024 201

    AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi prezidentlik saylovlarini tark etishini e'lon qildi.

    Tegishli bayonot Baydenning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilindi. O'z navbatida u amaldagi muddatini oxirigacha etkazadi.

    Endi demokratlar Donald Trampga qarshilik ko'rsatadigan boshqa nomzod topishlari kerak bo'ladi. Reuters`ga ko'ra, vitse-prezident Kamala Xarris uning o'rnini bosadigan asosiy nomzod hisoblanmoqda.

    Eslatib o'tamiz, so'nggi vaqtlarda Baydening fiziologik holati turli muhokamalarga sabab bo'layotgandi. Bundan tashqari Trampga suiqasddan keyin Respublikachi nomzodning obro'si ham keskish oshdi.

    AQSHning 46-rahbari bo'lgan Bayden 1942 yilda tug'ilgan. U 81 yoshni qarshi oldi.