Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
“Hanter Bayden federal soliq ishida o'ziga qo'yilgan barcha ayblarni tan oldi”, deyiladi xabarda. Oq uy rahbarining o'g'liga 16-dekabrga hukm o'qilishi belgilangan.
Avvalroq Jo Bayden hali-hamon o'g'lini afv etish niyatida emasligi ma'lum bo'lgan edi. Oq uy, shuningdek, Hanter Baydenning aybini tan olish niyati tufayli uning jazosini yumshatish imkoniyatini rad etmoqda.
2023-yil dekabr oyi boshida prezidentning o'g'liga soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlik uchun to'qqizta ayblov qo'yildi. 53 yoshli Hanter Bayden 17 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.