Johnson & Johnson vaksinasi to'xtatildimi...

    bu haqdagi xabarlar o'rganilmoqda

    AQSHda bir necha oʻnlab emlangan fuqarolarda aniqlangan salbiy reaksiya tufayli Johnson & Johnson dori-darmon kompaniyasining koronavirusga qarshi ikkita ommaviy emlash markazi vaqtincha yopildi, deb yozmoqda Wall Street Journal.

    Shimoliy Karolina shtatida ukol qilingan odamlar orasida 18 ta nojoʻya holat yuzaga kelganidan keyin emlash markazi oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Toʻrt kishi tekshiruv uchun kasalxonaga yotqizildi. Jami yopilishidan oldin markazda 2,3 mingdan ortiq odam emlangan edi. Oʻndan ortiq odam nojoʻya taʼsirlardan shikoyat qilganidan keyin Kolorado shtatidagi vaksinalar markazi oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Ularning alomatlari bosh aylanishidan koʻngil aynishgacha boʻlgan, deb xabar beradi CBS.

    Johnson & Johnson vakilining soʻzlariga koʻra, kompaniya vaksinadan kelib chiqadigan nojoʻya taʼsirlar haqidagi xabarlarni diqqat bilan oʻrganmoqda.

    Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kasalliklarni nazorat qilish va tarqalishi markazining maʼlumotlariga koʻra, 8-aprel holatiga koʻra mamlakatda 66 milliondan ortiq odam toʻliq emlangan — bu aholining 19,9 foizini tashkil etadi.