Kecha, 11-fevral kuni soat 7:00 lar atrofida Jomboy tumani Samarqand mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1079-kilometrida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Zhong tong” rusumli avtobus harakatlanib kelayotib koʻprik ustida yoʻl-transport hodisasi uchragan.
«Aniqlanishicha, avtobus haydovchisi mazkur hududda YTHga uchragan “Cobalt” rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni meʼyoridan oshirib yuborgan va tormozni keskin ravishda bosgan, — deyiladi viloyat IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida. — Oqibatda bir nafar yoʻlovchi tibbiyot birlashmasida hayotdan koʻz yumgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovning yakuniy xulosasiga koʻra jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot beriladi».