Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi qarori bilan Samarqand viloyati Jomboy tumani Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Dehqonobod” kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.
Yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonasiga 5,5 gektar yer maydoni ajratiladi. Sanoat zonasida loyihalarni amalga oshirish uchun 8,363 million soʻm mablagʻ talab etiladi.
Jumladan, elektr energiyasi uchun 1 dona TP, 6 kilometr tarmoq, tabiiy gaz uchun 1 dona GRP va 8 kilometr tarmoq, ichimlik suvi uchun 1 ta suv inshooti, 1,5 kilometr tarmoq, 1 ta tozalash inshooti va 1 kilometr kanalizatsiya, 2,8 kilometr yoʻl quriladi.