«Jo‘nariq» mahallasidagi suv toshish holati bartaraf etildi

    Mamlakatimizda 5 Iyun 2023 875

    Sergeli tumani, «Jo‘nariq» mahallasidagi 9 ta xonadon va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi hududiga suv toshishi kuzatilgan.

    Holat Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan zudlik bilan oʻrganildi.

    Tegishli xizmatlar tomonidan koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayni paytda suv toshqini toʻliq bartaraf etildi.

    Buning uchun Favqulotda vaziyatlar boshqarmasidan 9 ta maxsus texnika, 7 ta suv tortish moslamasi, “Toshkent shahar suv taʼminoti” korxonatsian 2 ta vodovoz hamda Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan 2 ta vodovoz jalb etildi.

    Aniqlanishicha, Mazkur holat Toshkent viloyati Boʻzsuv irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarini ham ogohlantirmasdan Sergeli tumani, “Joʻnariq” MFYdan oqib oʻtuvchi Jun kanalining hamda Chilonzor tumani, Seul koʻchasidagi Boʻrijar kanalining suv olish inshootlari nomaʼlum sabablarga koʻra yopilganligi hamda Salar kanaliga toʻliq suv ochilganligi oqibatida yuzaga kelgan.