Jonatan Henik — AQSh diplomatik xizmatining yuqori lavozimli amaldori. O'tgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Axborot va kibermakon kollejida AQSh Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Ilgari u Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamchisining o'rinbosari lavozimida ishlab, Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha mas'ul bo'lgan. U rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.

Xenik “AQSh manfaatlarini ilgari surish va O'zbekiston bilan strategik sherikligimizni mustahkamlash, ikki tomonlama xavfsizlik, xalqlar va iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlash hamda demokratik qadriyatlarni ilgari surish”ga intilishini ta'kidladi.