Bojxona organlari tomonidan xalqaro va kuryerlik joʻnatmalari orqali yurtimizga noqonuniy tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” bojxona postiga xorijdan fuqaro B.A. nomiga kelgan pochta joʻnatmasi oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, joʻnatmalarda deklaratsiyada koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 30 million soʻmlik 20 dona “Redmi 9” markali uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.