Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman boʻlimi tomonidan tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, pudratchi “O.s.” MCHJ rahbari va boshqalar maktab binosiga smeta loyiha hujjatlarida belgilangan tabiiy gaz hamda qattiq yoqilgʻiga moʻljallangan isitish qozoni oʻrniga boshqa rusumdagi isitish qozonlarini oʻrnatganligi, shuningdek “LED” yoritish chiroqlari oʻrniga arzon narxdagi boshqa yoritish chiroqlarini oʻrnatib, 140 mln soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.