Oʻrganish davomida korxona tomonidan bu yilgi kuz-qish mavsumida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, toza ichimlik suvi taʼminoti, mavjud muammolar, infratuzilma holati va xizmat koʻrsatish tizimi atroflicha tahlil qilindi.
Deputatlar faqatgina korxonada oʻrganish olib borish bilan cheklanmay, hudud aholisi bilan muloqot olib borib, suv taʼminoti boʻyicha fuqarolarning murojaatlari va ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot olishdi. Deputatlar tomonidan aniqlangan baʼzi kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻrib, masʼullar bilan xizmat sifatini yaxshilash, aholiga barqaror suv yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.










