— Olimlar koronavirusga qarshi bir necha xil vaksinani sinab koʻrishmoqda.

Ularning qay biri eng koʻp samara beradi, umuman, foyda beradimi – hali aniq emas.

Ayrim vaksinalar baʼzi odamlarga koʻproq mos tushishi ehtimoli boʻladi.

Ishlab chiqilayotgan zardoblar hozir koʻngillilarda sinalmoqda.

Ammo vaksina kimga koʻproq foyda beradi, degan savollarga javob topish va natijalarni bilish uchun hali vaqt kerak.

Agar sizga organ koʻchirib oʻtqazilgan boʻlsa va immunodepressant olayotgan boʻlsangiz, tarkibida zaiflashtirilgan bakteriya yoki virus mavjud boʻlgan “jonli” vaksina toʻgʻri kelmasligi mumkin.