Fargʻona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida 2023-2024 oʻquv yili oldidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning yakuniy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan joriy oʻquv yili “Fargʻonada taʼlim faxriylarini eʼzozlash yili” deb eʼlon qilindi.

Faxriy ustozlarning ijtimoiy faolligini oshirish, viloyatda taʼlim tizimini har tomonlama rivojlantirishda ularning fikr va maslahatlaridan foydalanish muhim ekanini qayd etgan viloyat hokimi, har bir shahar va tumandan ikki-uch nafardan uzoq yillik hayotiy tajribaga ega nafaqadagi taʼlim sohasi faxriylari tanlab olinib, ular viloyat hokimining maslahatchisi maqomida ish olib borishini maʼlum qildi.

Har bir shahar va tuman hokimi, har bir maktab direktori ham oʻz hududida taʼlim sohasini har tomonlama rivojlantirishda faxriy ustoz-maslahatchilar fikriga tayanib ish koʻrishi belgilandi.