Joriy yil yuqori kuchlanishli 17 ta podstansiyada qoʻshimcha 1 568 mva quvvat oshiriladi

    Energetika 17 Iyul 2021 790

    “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami 17 ta podstansiyada qoʻshimcha 1 568 MVA (megavolt amper) quvvat oshirish rejalashtirilgan.

    Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar oʻrnatilib, podstansiyalarda qoʻshimcha 631 MVA quvvat oshirilgan.

    1. Toshkent viloyati “Chirchiq” podstansiyasida 150 MVA;
    2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Beruniy” podstansiyasida 125 MVA;
    3. Xorazm viloyati “Xorazm” podstansiyasida 75 MVA;
    4. Fargʻona viloyati “Oʻzgarish” podstansiyasida 50 MVA;
    5. Buxoro viloyatida “Quyimozor” podstansiyasida 63 MVA;
    6. Qashqadaryo viloyatida “Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA;
    7. Navoiy viloyatida “Gornaya” podstansiyasida – 43 MVA yuqori kuchlanishli transformatorlar oʻrnatilib ishga tushirildi va 631 MVA quvvatga oshirildi.

    Shuningdek, yil yakuniga qadar 10 ta yuqori kuchlanishli podstansiyada 1000 MVA qoʻshimcha quvvat oshirilishi kutilmoqda, jumladan:

    1. Qashqadaryo viloyati, “Qarshi” podstansiyasida 75 MVA;
    2. Buxoro viloyati, “Quyimozor” podstansiyasida 127 MVA;
    3. Samarqand viloyati, “Samarqand” podstansiyasida 9 MVA;
    4. “Kattaqoʻrgʻon” podstansiyasida 75 MVA;
    5. Navoiy viloyati, “Ximiya” podstansiyasida 200 MVA;
    6. “Gornaya” podstansiyasida 43 MVA;
    7. Fargʻona viloyati, “Fargʻona” podstansiyasida 75 MVA;
    8. Toshkent shahri, “Yuksak” podstansiyasida 23 MVA;
    9. Surxondaryo viloyati, “Sherobod” podstansiyasida 249 MVA; 10. Jizzax viloyati, “DNS” - 2 podstansiyasida 124 MVA qoʻshimcha quvvat oshiriladi.

    Joriy yil yakuniga qadar 3 ta investitsiya loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Xususan:

    - “Oʻzbekiston hududida joylashgan 500 kVli “Gʻuzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini tiklash” investitsiya loyihasi.

    - “500 kV Surxon–Puli-Xumri (Xoʻja-Alvon) elektr tarmogʻini qurish loyihasi doirasida 500 kVli “Surxon” podstansiyasidagi ochiq taqsimlovchi qurilma (OTQ)ni kengaytirish” investitsiya loyihasi.

    - “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryoʻl liniyasining tashqi obyektlarini elektr taʼminoti bilan taʼminlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi.

    “Oʻzbekiston MET” AJ tomonidan joriy yilning birinchi yarimyilligida jami 398,6 mlrd. soʻmli loyihalar foydalanishga topshirildi.