Masalan, qishloq xoʻjaligi yerlarida quyosh panellarini oʻrnatish, yaʼni “agrovoltaika” boʻyicha xorijiy tajriba oʻrganilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda 10 gigavattli agrovoltaika salohiyati mavjud.

Mutasaddilarga joriy yilda 6 ta tumanda “agrovoltaika” usulida pilot loyihalarni boshlash topshirildi. 

Umuman, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda energiya sarfi yuqori boʻlgan sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.