Joriy yilda 807 ta maktabda qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi

    “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 942 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminoti va infratuzilmasi yanada yaxshilandi.

    2022-yilda Investitsiya, “Obod qishloq” va Obod mahalla” hamda qoʻshimcha dasturlar doirasida, shuningdek, mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobidan xalq taʼlimi tizimidagi jami 807 ta umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Jumladan:

    Investitsiya dasturi doirasida — 341 ta;

    “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida — 257 ta;

    Prezidentning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida — 51 ta;

    mahalliy byudjet va homiylik makblagʻlari hisobidan — 30 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash;

    128 ta xom gʻishtdan qurilgan filial binolarini qayta qurish ishlari bajarildi.

    Mazkur maqsadlar uchun jami 3,2 trln. soʻm byudjet mablagʻlari yoʻnaltirildi.

    Hozirgi kunda:

    35 ta yangi maktab binolari qurildi hamda 28 096 nafar oʻquvchi oʻrni yaratildi;

    474 ta maktab rekonstruksiya qilinishi natijasida 100 010 quvvatli qoʻshimcha oʻquv binolari qurildi;

    280 ta maktabning 196 560 oʻrinli mavjud bino va inshootlari mukammal taʼmirlandi;

    128 ta xom-gʻisht va loy-paxsadan qurilgan maktab filiali binolari zamonaviy qiyofada qayta barpo etildi;

    516 ta umumtaʼlim maktabi mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlandi.

    Shuningdek:

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 942 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminoti va infratuzilmasi yanada yaxshilandi.