Qayd etilishicha, mashina yordamida terilgan paxta uchun – 1 373 soʻm; qoʻl mehnati bilan terilgan paxta uchun – 2 000 soʻm tavsiyaviy narx belgilandi.
Qoʻshimcha qilinishicha, terim vaqtida klaster, fermer xoʻjaligi rahbarlari va terimchilar oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qoʻllanilishi mumkin.
“Paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 000 soʻm subsidiya ajratiladi.
Ushbu tartib paxta yetishtiruvchilar manfaatini himoya qilish, terimchilar mehnatini ragʻbatlantirish va agrar sohada barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan“, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “1 kg – 1 800 soʻm” haqidagi xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagani taʼkidlab oʻtdi.








