Shuningdek, mavsum davomida jami 116 nafar mehribonlik uylari tarbiyalanuvchisi va imkoniyati cheklangan bolalar, 50 nafar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning farzandlari homiylar hisobidan, 3500 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali sogʻlomlashtirish belgilangan.
Hududlarda intellektual rivojlantirish, ekobiologik va oʻlkashunoslik, texnik ijodkorlik, ijtimoiy moslashuv, tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish, badiiy ijodiyot yoʻnalishlariga ixtisoslashtirilgan oromgohlar tashkil etildi.
Mavsum davomida oromgohlarga 1052 nafar pedagoglar, shuningdek, 205 nafar tibbiyot, 242 nafar ichki ishlar, milliy gvardiya, yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari jalb qilindi.
Oromgohlarga 8 minga yaqin badiiy, ijtimoiy va ilmiy ommabop kitoblar qoʻshimcha ravishda yetkazildi.
Mazkur ishlar uchun mavsum davomida 6 yarim mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻlar sarf etilishi reja qilingan.