"Dori -Darmon" Aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2025-yil 1-choragi davomida mazkur roʻyxatdagi shaxslarga kompaniyamiz va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 7 mlrd, 446 mln soʻmdan ortiq dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-choragi davomida kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali jami 1 mlrd, 278 mln. soʻmlik dori vositalari bemorlarga elektron retsept orqali bepul berildi.

Maʼlumot uchun: Reimbursatsiya dasturi doirasida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron retsept asosida dorixonalardan 27 turdagi dori vositalarini bepul olishlari mumkin.