Joriy yilning I choragida qancha ayolga “Himoya orderi“ rasmiylashtirilgani ochiqlandi

    Mamlakatimizda 28 Aprel 2025 481

    Mazkur davrda 1,7 ming nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirilib tibbiy yordam berilgan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, shu yilning I choragida 24 ming nafardan ortiq ayolga “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan.

    Shuningdek, ushbu ayollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan psixologik va yuridik yordamlar koʻrsatilib, va chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlariga muhtoj boʻlgan 202 nafar ayol Ayollarni reabilitatsiya qilish va moshlashtirish markazlariga joylashtirildi.

    “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 19,3 ming nafar ayol bilan suhbat oʻtkazilib, soʻrovnomalar asosida ularning holati oʻrganildi va xizmatlar taklif qilindi.

    Shu bilan birga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kunduzgi qatnov asosida 3,5 ming nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarga yuridik, psixologik va boshqa xizmatlar koʻrsatildi.