Joriy yilning o'tgan 9 oyida ekologiya sohasida qancha qonunbuzilishlar aniqlandi?

    Davlat ekologiya qo'mitasi axborot xizmati bu haqda quyidagicha ma'lumot berdi:

    Unda qayd etilishicha, joriy yilning o'tgan 9 oy davomida Davlat ekologiya qo'mitasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha inspektsiyasi tomonidan 37 543 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan jarima 16 800 mln. so'm. Tabiatga etkazilgan zarar 15 133 mln. so'm.

    1457 ta holat bo'yicha 11 788 mln. so'm jarima va tabiatga etkazilgan zararni undirish maqsadida to'plangan hujjatlar tegishli organlarga kiritildi. 60 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o'tkazildi.

    22 ta holat bo'yicha 8 810 mln. so'mlik da'vo ishlar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi bo'yicha ish qo'zg'atilgan.

    Huquqbuzarlardan 337 dona hayvon va parranda, 1380,4 kg baliq, 49 009 kg dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar, 884,7 m³ o'tin, 91 ta ov qurollari, 95 ta aslahalar, 1290 ta to'r, 46 ta elektr qarmoq, 141 ta elektr arra, bolta va boshqa inventarlar olib qo'yilgan, shundan 70 ta ov quroli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan, 34 ta ov quroli va aslahalar, 23 ta inventarlar musodara qilingan, 17 ta ov quroli qaytarib berilgan.