Joyida oʻtirgan holda koʻplab ishlarni amalga oshirgan mutaxassislarni bilasizmi?

    Bilasizmi? 16 Sentabr 2020 1396

    Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (“Geoinfocom”) davlat unitar korxonasi mutaxassislari joyidan jilmagan holda koʻplab ishlarni qilishlari mumkin. Chunki ular turli xildagi dasturlash ishlari bilan shugʻullanishadi.

    “Geoinfocom” davlat unitar korxonasi 2014-yilda tashkil topgan boʻlib 2017-yildan buyon “IT-Park” rezidenti hisoblanadi.

    Shu kunga qadar korxona tomonidan tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari asosida 14 ta axborot tizimlari ishlab chiqilib, oʻrnatilgan tartibda reestr.uz axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan. 10 yaqin vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiyalar yoʻlga qoʻyilgan.

    “Geoinfocom” davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari:

    YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

    e-kadastr.uz – boʻsh yerlar ochiq elektron xaritasi;

    “YERELEKTRON-63” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

    Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri;

    “Kadastr xizmat 2.0” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

    “Geografik obyektlarning nomlari Davlat Reyestri”;

    “Meʼyoriy baho” maʼlumotlar bazasi;

    “Nobudgarchilik” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

    Shuningdek, “Geoinfocom” davlat unitar korxonasi tomonidan yagona interaktiv xizmatlari portalida yuridik va jismoniy shaxslar uchun sohaning 9 ta xizmat turi hamda Litsenziyalash portalida yuridik shaxslar uchun 1 ta xizmat turi elektron tarzda ishga tushirilgan.