Joylarda ijtimoiy xizmat koʻrsatish holati tahlil etildi

    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoʻqon shahar kengashida tuzilgan shahar ishchi guruhi aʼzolari tomonidan «Gʻisht koʻprik», «Parpashobof», «Toʻxlimergan» va «Baqa chorsu» MFYlarida «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda oʻrganishlar olib borildi.

    Qoʻqon shahridagi mahallalarda «mahalla yettiligi» faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi yoʻnalishlar holatini tahlil etish maqsadida deputatlardan iborat ishchi guruh oʻz faoliyatini boshladi.

    Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoʻqon shahar kengashida tuzilgan shahar ishchi guruhi aʼzolari tomonidan «Gʻisht koʻprik», «Parpashobof», «Toʻxlimergan» va «Baqa chorsu» MFYlarida «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda oʻrganishlar olib borildi.

    Ishchi guruhining oʻrganishlar natijasi yuzasidan umumiy xulosalari tegishli tashkilotlarga yuborildi.