Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunday oʻsish dinamikasida antibiotiklarni ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan farmatsevtika chiqindilarining ham sezilarli taʼsiri bor.
Chunki ushbu turdagi chiqindilar nafaqat atrof-muhit ifloslanishi, balki mavjud preparatlarga chidamli mikroblar paydo boʻlishi hamda ularning mutatsiyaga uchrashi uchun sharoit yaratadi.
Shuni hisobga olib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhi, ilmiy doiralar va nazorat organlari vakillari bilan hamkorlikda antibiotik chiqindilarini boshqarishga doir ilk qoʻllanmani ishlab chiqdi.
Undan bakteriyalarga qarshi preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, nazorat qiluvchi organlar va ekologiya inspektorlari uchun qator tavsiyalar oʻrin olgan.
Qolaversa, qoʻllanma orqali oddiy isteʼmolchilar ham foydalanilmagan, yaroqlilik muddati oʻtgan yoki notoʻgʻri saqlangan antibiotiklarni qanday utilizatsiya qilish boʻyicha aniq maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin.