Chunki bu fenomen Tinch okeani sirt haroratining 3 °C dan koʻproq oshishini anglatib, kuchli qurgʻoqchilik, suv toshqinlari, yogʻingarchilik va anomal issiqlikka sabab boʻladi. Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2023-2024-yillarda virusli tropik kasalliklar avj olishini prognoz qilish asnosida allaqachon bu xavfga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, denge va chikungunya isitmalari hamda Zika virusi bilan kasallanish holatlari koʻpayishi kutilmoqda. Bu xastaliklarning barchasi odamlarga chivinlar chaqishi orqali yuqishi kuzatiladi.
“Soʻnggi oʻn yillikda dunyo boʻylab denge isitmasiga chalinish holatlari keskin oshdi, — deydi T. Gebreyesus. — Ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerikada oʻtgan yili 2,8 million holat qayd etilgan va bemorlardan 1280 nafari hayotdan koʻz yumgan”.
JSST tahlilida keltirilishicha, 2016-yili El-Ninyo bilan bogʻliq tabiiy ofatlar 30 ta mamlakatda 60 millionga yaqin insonga ziyon yetkazgan.