Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarning “zaharli olami”dan himoya qilish g'oyasini qo'llab-quvvatladi va yosh chegaralarini joriy etishga chaqirdi.

“Platformalar bolalar xavfsizligi va sog'lig'ini himoya qiladigan tarzda ishlab chiqilishi va boshqarilishi kerak”, deb yozdi JSST Bosh direktori X tarmog'ida. Uning qo'shimcha qilishicha, buning uchun, boshqa narsalar qatori, “real yosh chegaralarini joriy etish” kerak.

Gebreyesus Ispaniya Bosh vaziri fikriga qo'shilib, “ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish va javobgarlik juda muhim” deb qo'shimcha qildi. JSST Bosh direktorining so'zlariga ko'ra, dalillar bolalarga yetkazilgan zarar nafaqat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bilan, balki ularning qanday yaratilgani bilan ham bog'liqligini isbotlaydi. Shu munosabat bilan u ijtimoiy tarmoqlarning “zararli va o'ziga qaram qiluvchi tuzilishi”ga qarshi kurashishga va ularni “mustaqil nazoratga olishga” chaqirdi, deb xabar berdi tass.ru.