JSST bu yil vabo epidemiyasi avj olgan mamlakatlar sonini ma’lum qildi

    JSST rahbari Tedros Gebreyesus ko‘rsatkichlar yil sayin oshib borayotganidan xavotirda ekanini bildirdi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon 31 mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi.

    “Ko‘rsatkichlar yil sayin oshib borayotgani xavotirli, – deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. – Masalan, o‘tgan yili vaboga chalinish holatlari 2021 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paygan edi. Bu yil esa vaziyat yanada yomon.”

    Hozir epidemiya o‘choqlarining katta qismi Afrika mamlakatlari hududiga to‘g‘ri keladi.

    Xalqaro ekspertlarning prognoz qilishicha, kelgusida yillik kasallanishlar soni 1,3 milliondan 4 millionga yetishi mumkin. Bu esa 143 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lishi taxmin qilinyapti.