Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, 1-yanvardan 30-sentabrga qadar 40 ta davlatda 445 271 shubhali va tasdiqlangan holat qayd etilgan. Ulardan 155 kishi vafot etgan.
JSSTning qayd etishicha, 2024-yilga nisbatan ayrim hududlarda epidemiyalar kuchaygan, biroq ular notekis taqsimlangan. Bu holatlarning global o'sishini aniqlashni qiyinlashtiradi, ammo keyingi tarqalish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
“JSST barcha mamlakatlarni chikungunya epidemiyasini tez aniqlash, o'z vaqtida hisobot berish va samarali choralar ko'rish uchun sog'liqni saqlash tizimlari va laboratoriya imkoniyatlarini kuchaytirishga chaqirishda davom etadi”, deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, kasallik yangi hududlarga kasallangan sayohatchilar va Aedes chivinlarining chaqishi orqali tarqalishi mumkin. Ilgari zarar ko'rmagan hududlarda immunitetning pastligi, chivinlarni ko'payishi uchun qulay sharoitlar, epidemik nazoratdagi bo'shliqlar va odamlarning yuqori harakatchanligi xavfni yanada oshiradi, deb xabar berdi tengrinews.kz.








