Sog'liqni saqlash mutaxassislarining fikriga ko'ra ommaviy immunitetni pasaytiradigan omillar orasida rivojlanayotgan mamlakatlarda vaksinalardan foydalanish imkoniyati cheklangani, emlashlarga nisbatan shubha va mutasiyalar ehtimoli mavjud.
Dunyo bo'yicha AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniya va Evropa Ittifoqining boshqa ko'plab mamlakatlari ommaviy emlash kampaniyalarining dastlabki bosqichida.
Ommaviy immunitet etarlicha odamlar infeksiyaga qarshi immunitetga ega bo'lganda paydo bo'ladi.
“Biz 2021 yilda ommaviy immunitet darajasiga erisha olmaymiz”, dedi mutaxassis, COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun hali ham ijtimoiy masofa saqlash, qo'l yuvish va niqob taqish kabi choralar zarurligini ta'kidladi.