JSST dunyoda COVID-19 bilan kasallanish kamayganini ma'lum qildi

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko'ra, so'nggi 28 kun ichida dunyo bo'ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni avvalgi shu davrga nisbatan 89 foizga kamaydi.

    JSST ma'lumotlariga ko'ra, 23-yanvardan 19-fevralgacha bo'lgan davrda 5,3 millionga yaqin COVID-19 holati qayd etilgan.

    Belgilangan davrda vafot etganlar soni 62 foizga kamaydi, 48 mingdan ortiq kasallanganlar koronavirusdan vafot etdi, deb xabar beradi aif.ru.