Bu esa XXI asr tibbiyotini ushbu global muammoga qarshi yanada samarali chora-tadbirlar ko‘rishga undaydi. Chunki yurak-qon tomir tizimi, surunkali nafas yo‘llari va ruhiy kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari yil sayin oshib borayotgani butun insoniyat uchun jiddiy tahdiddir. 

Ya’ni infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi noinfeksion xastaliklar yiliga 41 million nafar kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bu, dunyoda kasalliklar oqibatida qayd etilayotgan o‘lim holatlarining deyarli to‘rtdan uch qismiga teng.

Vaholanki, JSST tomonidan 2030 yilgacha yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan erta o‘lim ko‘rsatkichlarini uchdan bir qismga qisqartirishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan. 

Ammo hozir sanoqli mamlakatlargina ushbu hujjatda belgilangan maqsadlar ro‘yobiga erishish uchun astoydil intilmoqda, xolos. 

Shundan kelib chiqib, tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus mamlakatlar sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbarlarini mazkur kasalliklarga qarshi kurashish borasida shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.