Bu 28 noyabr — 4 dekabr sanalarida kasallanishlar soni undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foiz, o‘lim holatlari esa 17 foizga kamayganini tasdiqlaydi. 

Infeksiyani yuqtirish bilan bog‘liq eng keskin pasayish dinamikasi Afrika mintaqasida qayd etildi — 78 foiz! Janubi-Sharqiy Osiyoda bu statistika 27 foizni tashkil etdi. Amerika mintaqasida esa aksincha o‘sish kuzatildi (+14 foiz). 

O‘lim ko‘rsatkichlari ham Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (+3 foiz) tashqari, qolgan mintaqalarda pasaydi. Jumladan, bu borada Afrika (-83 foiz) va Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlari (-33 foiz) yetakchilik qildi.