Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Bu davrda 2763 ta yangi kasallanish holati roʻyxatga olinib, avgust oyiga nisbatan 8 foiz oʻsish qayd etilgan. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi, yaʼni 1756 nafari Afrika mintaqasi aholisi hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻz navbatida, maymun chechagi virusidan oʻlim koʻrsatkichlari ham ortmoqda. Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining maʼlum qilishicha, shu kungacha mpoxni yuqtirgan bemorlardan 1,1 ming nafari hayotdan koʻz yumgan.
Shunga asoslanib, markaz “Afrikada ushbu infeksiya tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat nazoratdan chiqmoqda” deb xulosa qildi.