Tahlillar joriy yilning 1 yanvaridan 15 sentyabr sanasigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Qayd etilishicha, o‘tgan 9 oydan ko‘proq vaqt ichida sayyoramiz bo‘yicha vabo tashxisi qo‘yilgan bemorlar soni 582 ming nafardan oshgan. 

2021-yilda bu ko‘rsatkich 223 ming, 2022-yilda esa 472 ming nafarni tashkil qilganini hisobga olsak, bu yil o‘sish dinamikasi keskin yuqoriligi ma’lum bo‘ladi.  

Qolavesa, yanvar oyidan beri kasallikdan vafot etganlar soni 4 ming 543 nafarga yetgan. Vabo o‘choqlari aniqlangan mamlakatlar coni esa bu yil 29 taga ko‘payib, 35 tadan qariyb 50 taga yaqinlashgan.

Ekspertlar bashoratiga ko‘ra, kelgusida yillik kasallanishlar soni 1,3 milliondan 4 millionga yetishi mumkin. Bu esa 143 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lishi taxmin qilinyapti. 

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlarni sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha nazoratni kuchaytirishga chaqirib, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.