JSST ekspertlari Sirdaryoda sogʻliqni saqlash tizimida olib borilgan ishlarni eʼtirof etdi

    Salomatlik 24 Noyabr 2022 1339

    JSST xalqaro ekspertlari “Birlamchi tibbiy—sanitariya yordami tizimida noinfeksion kasalliklar profilaktikasi va nazorati sohasidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi.

    Tashriflari davomida yuqumli boʻlmagan kasalliklardan qandli diabet, yurak qon—tomir kabi kasalliklarni oldini olish, davolash, aholi orasida profilaktik targʻibot tadbirlari tashkil etish, aholini tibbiy madaniyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

    Shu maqsadda, ular Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat mintaqaviy filiali, Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 3—sonli, Boyovut tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinika, Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, uning Sirdaryo filiali hamda “Guliston koʻz” xususiy oftalmologiya klinikalariga tashrif buyurib, u yerdagi holatni oʻrganib, soha xodimlariga noinfeksion kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash borasida muhim maslahat va tavsiyalarini berdi.

    JSST xalqaro ekspertlari tomonidan Sirdaryo viloyatida noinfeksion kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash borasida olib borilgan ishlar yaxshi deya eʼtirof etildi.

    Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.