“Biz ayni paytda pandemiyaning muhim nuqtasidamiz. Epidemiya egri chizigʻi oʻsib bormoqda. Ketma-ket yettinchi haftadirki COVID-19 bilan kasallanish koʻpaymoqda. Oʻtgan hafta davomida 4,4 million nafardan ortiq odam kasallik yuqtirgani aniqlandi”, — dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassisi Mariya Van Kerxove Euronews telekanaliga.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra dunyoda 780 million nafardan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, vaksinalar pandemiyaga qarshi kurashda “hayotiy va kuchli vosita” boʻlsada, ijtimoiy masofa, niqob taqish, qoʻllarni muntazam yuvib yurish, kasallarni sinovdan oʻtkazish va izolyatsiya qilishni unutmaslik kerak.

“Sogʻliqni saqlash choralari va ularni amalga oshirishdagi chalkashlik, oʻzboshimchalik va nomuvofiqlik COVID-19 yuqishining ortishi va odamlarning hayotiga zarar yetkazishiga olib keladi”, dedi JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus.

Shunday qilib, shifokorlarning maslahatiga zid ravishda, yuz minglab hind ziyoratchilari suvini muqaddas deb bilgan Ganga daryosida choʻmilishdi. Marosim Kumbh Mela festivalining bir qismiga aylandi. Bu esa kasallanganlar sonining keskin ortishiga sabab boʻldi.