JSST: yer yuzidagi odamlarning 10 foizdan kamrogʻida COVID-19 ga qarshi antitanacha mavjud

    — Dunyo aholisining 10 foizidan kamrogʻida koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqilgan, emlash — ommaviy immunitetga erishishning yagona usuli, — deydi JSST bosh tadqiqotchisi Sumiya Svaminatan.

    Mutaxassis Twitter-da bergan intervyusida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoning ayrim shaharlarida infeksiya oʻchoqlarini tahlil qiladigan tadqiqotlarni kuzatayotganini taʼkidladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, baʼzida shahar aholisining kamida yarmida koronavirusga qarshi antitanacha mavjud, ammo bu jamoa immunitetiga erishish haqida gapirishga imkon bermaydi.

    “Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ushbu seroepidemiologik tadqiqotlarni kuzatmoqda, soʻnggi xulosalarga koʻra 500 ga yaqin shunday tadqiqot oʻtkazilgan. Dunyo aholisining 10 foizidan kamrogʻida ushbu virusga qarshi antitanacha mavjud”, — dedi Svaminatan.

    “Albatta, joylarda, masalan, aholi zich joylashgan shaharlarda virusga chalingan odamlarning 50-60 foizida antitanachalar mavjud. Ammo bu bir shahar yoki viloyatda kasallik tugadi, degani emas, bunda butun mamlakat jamoa immunitetiga ega boʻlmaydi, — deya taʼkidladi ekspert. Mutaxassis joylardagi antinacha shakllanmagan aholi chetroqqa chiqqanida kasallik yuqtirish xavfi ostida qolishini tushuntirdi.