Uning qayd etishicha, JSST vakillari dam olish kunlari G'azo sektori shimolidagi “Al-Auda” va “Kamol Advan” shifoxonalariga tashrif buyurgan. Ular to'yib ovqatlanmaslikning jiddiy darajasini, yoqilg'i, oziq-ovqat va dori-darmonlar tanqisligini qayd etishdi, deb xabar beradi tass.ru.
Uning so'zlariga ko'ra, G'azo shimolidagi yagona bolalar shifoxonasi “Kamol Advan” “bemorlar bilan to'lib-toshgan”. “Oziq-ovqatning yetishmasligi 10 nafar bolaning o'limiga olib keldi. elektr quvvatining etishmasligi bemorlarni parvarish qilish uchun jiddiy xavf tug'diradi, ayniqsa, reanimatsiya va neonatal kabi muhim bo'limlarda”, dedi JSST rahbari. U “Al-Auda” kasalxonasidagi vaziyatni, “ayniqsa, binolardan biri vayron bo'lganii dahshatli” deb atadi.
JSST xodimlari har ikki tibbiyot muassasalariga 9,5 ming litr yoqilg'i hamda zarur dori-darmonlar yetkazib berdi. Gebreyesus Isroilni “gumanitar yordamni xavfsiz va muntazam yetkazib berilishini ta'minlashga” chaqirdi. “Tinch aholi, ayniqsa bolalar va tibbiyot xodimlari keng ko'lamli yordamga muhtoj. Ammo bu bemorlarning barchasiga zarur bo'lgan asosiy dori – tinchlik. O't ochishni to'xtatish”, deya ta'kidladi bosh direktor.