Uning ma'lumotlariga ko'ra, anklavdagi birlamchi tibbiy yordam ko'pincha muntazam ravishda o'qqa tutishlar va evakuatsiyalar tufayli aholiga etib bormay qolmoqda. Xususan, G'azodagi eng yirik reabilitatsiya markazlaridan biri, JSST ko'magida faoliyat ko'rsatgan Nasser Medical Complex shifoxonasi o'tgan yilning dekabr oyida dori-darmon taqchilligi va malakali kadrlar yetishmasligi tufayli ishini to'xtatib qo'ygan edi, fevral oyida esa anklavga navbatdagi hujum paytida unga jiddiy zarar yetdi. “O'tkir reabilitatsiya xizmatlari jiddiy to'siqlarga duch kelyapti va murakkab jarohatlar uchun maxsus davolash imkonining yo'qligi bemorlarning hayotini xavf ostiga qo'ymoqda”, dedi JSSTning Falastindagi vakili Richard Piperkorn.
Tashkilot 23-iyul holatiga ko'ra, G'azoda jabrlangan 22 500 kishining kamida to'rtdan bir qismi to'liq tuzalib bo'lmaydigan jarohatlarga duch kelganini eslatdi. Shunday qilib, 13,4 mingdan 17,5 ming nafargacha odamning oyoq-qo'llariga jiddiy shikast yetdi, ularnning taxminan 3-4 ming nafarini amputatsiya qilishga ehtiyoj tug'ildi, deb xabar beradi tass.ru.