JSST: Har yili 489 mingga yaqin odam issiqdan vafot etmoqda

    Kelajakda iqlim o'zgarishi oqibatida G'arbiy Afrika va Janubiy Osiyo inson hayoti uchun xavfli mintaqalarga aylanib qolishi mumkin, deb yozadi CNN Perdyu universiteti tadqiqotiga tayanib.

    Olimlar buni ushbu hududlarda aholining o'ta zichligi va ko'pincha konditsionerlardan foydalanish imkoniyati cheklangani bilan bog'lashmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili 489 mingga yaqin odam issiqdan vafot etmoqda. Biroq, CNNning ta'kidlashicha, qurbonlar soni ko'proq bo'lishi mumkin, chunki issiqlik bilan bog'liq o'limlarni qayd etish juda qiyin.