JSST vakili karantinning takrorlanishi nafaqat iqtisodga, balki sogʻliqni saqlash tizimiga ham taʼsirini oʻtkazishini taʼkidladi. Oddiy yurak-qon tomir, onkologiya yoki diabet kasalligini davolash bilan bogʻliq muammoning oʻzini olaylik, — dedi u. Undan tashqari, u yakkalash inson psixikasiga ham salbiy taʼsir oʻtkazishini eslatdi.
Avval Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova oʻzini-oʻzi yakkalash tizimiga qaytishdan qutilishning yagona yoʻli xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish ekanligini taʼkidlagandi. Uning soʻzlariga qaraganda, COVID-19 bilan kasallangan odamlarning 80-85 foizi xavfsizlik choralariga rioya qilmagan. “Biz yo xavfsizlikka rioya qilamiz, yoki oʻzini-oʻzi yakkalashga qaytamiz”, — degan vazir oʻrinbosari.
Moskva shahar meri Sergey Sobyanin esa poytaxtliklarning eʼtiborini qariyalar kasallikka moyil ekanligiga qaratgan. U 65 yoshdan oshgan poytaxtliklarga sayr qilish, dorixona yoki shifoxonalarga borishi mumkinu, lekin “ularning har bir bunday harakati maʼlum darajada xavfli” ekanligini eslatib, ularni vaziyatni oʻzlari nazorat qilishga chaqirdi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.