“Biz yakun uzoq emasligini ko'rmoqdamiz. Bunga erishishimizdan oldin koronavirus bilan bog'liq yana bir nechta keskinlikka duch kelamiz”, dedi ekspert.
Qayd etilishicha, G'arbiy Evropada sog'liqni saqlash tizimi pandemiyani bartaraf etishga harakat qilyapti, biroq “dunyoning boshqa ko'plab qismlarida” vaziyat og'irlashib bormoqda. Xalqaro tashkilot vakilining so'zlariga ko'ra, “virus rivojlanishda davom etmoqda”, shuning uchun yaqin kelajakda yangi shtammlar paydo bo'lishi mumkin.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlar koronavirusga qarshi kurashda qattiq cheklov choralarni ko'rishga qodir emasligi tufayli vaziyat murakkablashadi.
“Hech bo'lmaganda keyingi uch oy qiyin kechadi”, deya qo'shimcha qildi u.