“Yevropa mintaqasida pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19ni yuqtirgan bemorlar soni bir necha hafta oʻtib 250 million nafarga yetadi, — deydi u. — Toʻgʻri, biz oʻtgan davrda koronavirusga qarshi kurash borasida katta natijalarga erishdik.
Ammo hali infeksiya keng tarqalishda davom etmoqda. Shifoxonalarga hamon bu kasallikka chalingan bemorlar yotqizilyapti va hanuz juda koʻp oʻlim holatlari kuzatilmoqda.
Masalan, oʻtgan haftaning oʻzida mintaqamizda 3 ming nafarga yaqin kishi mazkur xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Bu dunyo boʻyicha 22-28-avgust kunlari koronavirusdan vafot etganlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi”.
Xans Klyugening taʼkidlashicha, jahondagi koʻplab mamlakatlar, hatto iqtisodiy ahvoli maqtanarli boʻlmagan davlatlar ham emlash jarayonini uzluksiz davom ettirmoqda.
Ammo Yevropada hali vaksina olmagan millionlab kishilar bor. Endi ana shu odamlarning emlanishi uchun zarur choralarni topish lozim. Ayniqsa, aholining immuniteti zaif qatlamlari, jumladan, keksa yoshli insonlar, yondosh kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar birinchi navbatda buster dozani qabul qilishlari kerak.
Shuningdek, JSST vakili bu mavsumda gripp epidemiyasiga qarshi vaksinalarni ham qoʻllashga alohida ehtibor qaratish zarurligini qayd etdi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi haftalarda Yevropa boʻyicha eng koʻp kasallanish holatlari Germaniya va Fransiyada roʻyxatga olinmoqda.