Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus X ijtimoiy tarmog'ida yozdi.
“Livanda so'nggi 24 soat ichida 28 tibbiyot xodimi vafot etdi”, dedi u va mamlakat janubida 37 sog'liqni saqlash muassasasi yopilganini qo'shimcha qildi.
Unga ko'ra, Bayrutda uchta shifoxona xodimlari va bemorlar to'liq, yana ikkitasi esa qisman evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi report.az.
“Ko'plab tibbiyot xodimlari ishga bormayapti, ular bombardimon tufayli o'zlari faoliyat yuritgan hududlarini tark etishdi. Bu jarohatlarni ommaviy davolash va tibbiy xizmatlarning uzluksizligini jiddiy cheklaydi”, dedi Gebreyesus.