JSST maymun chechagining keng tarqalishi yuzasidan ogohlantirdi

    Salomatlik 25 Iyul 2022 3546

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari maymun chechagining aholi orasida avj olishi yuzasidan sogʻliqni saqlash boʻyicha xalqaro favqulodda holat eʼlon qildi.

    Bu holat maymun chechagining xalqaro miqyosda keng tarqalishi yuzasidan tashkilot berayotgan muhim ogohlantirishdir.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreisusning aytishicha, 75 mamlakatda 16 000 ta virus holati qayd etilgan boʻlib, ularning aksariyati Yevropada kuzatilgan.

    Shuningdek, u maymun chechagi tufayli vafot etgan 5 kishining oʻlimini tasdiqladi.

    Yakshanba kuni (2022-yil 24-iyul) ertalab biz Oksford universitetining epidemiologiya va virus evolyutsiyasi boʻyicha tadqiqotchisi Mahan Gʻafforiy bilan bu haqda suhbatlashdik.

    BBC Radiosining tonggi dasturida, har kuni ertalab soat 7 dan 9 gacha maʼlumotlar radio orqali efirga uzatiladi.

    Iroda Rahmonaliyeva tayyorladi