JSST: Oʻtgan yili parranda grippining odamlarga yuqishi bilan bogʻliq 76 ta holat qayd etildi

    Bemorlarning aksariyati qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari boʻlib, 61 nafari AQSHda yashovchi fuqarolardir. Shuningdek, bunday holatlar Avstraliya, Kanada, Xitoy, Kambodja va Vyetnamda ham roʻyxatga olingan.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti avvalgi bayonotlarida dunyoda parranda grippi virusi tez mutatsiyaga uchrab, uning nafaqat qanotli jonzotlar, balki insonlarga yuqish xavfi ham yuqoriligi xususida ogohlantirgan edi.

    Tashkilotning kuni kecha eʼlon qilingan yangi hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida H5N1 virusini yuqtirish bilan bogʻliq 76 ta shunday holat qayd etilgan.

    Bemorlarning aksariyati qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari boʻlib, 61 nafari AQSHda yashovchi fuqarolardir. Shuningdek, bunday holatlar Avstraliya, Kanada, Xitoy, Kambodja va Vyetnamda ham roʻyxatga olingan.

    H5N1 virusi hozircha odamdan odamga yuqish uchun moslashmagan va oʻrganishlar davomida bu kabi holatlar aniqlanmagan.

    “Biroq virus mutatsiyaga uchrashda davom etar ekan, vaziyat tezda oʻzgarishi mumkin va biz bunday «ssenariy”ga doim tayyor boʻlishimiz kerak», — deydi JSSTning masʼul vakili Mariya Van Kerxove.

    Ayni sababdan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar boʻyicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqirdi.

    Oʻz navbatida, epidemiologlarning taʼkidlashicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok boʻlgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.