Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bunga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida hanuz yangi bemorlar aniqlanayotgani asos bo‘lgan.

Shuningdek, JSST hisobotiga ko‘ra, so‘nggi to‘rt haftada Yer yuzi bo‘yicha koronavirusni yuqtirish ko‘rsatkichlari 92, o‘lim holatlari esa 47 foizga kamaygan. 

Ya’ni 16 yanvardan 12 fevralga qadar 6,8 millionga yaqin kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan va ulardan 64 ming nafardan ortig‘i xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mutaxassislar “omikron”ning yangi mutasiyalari kelgusida kasalliklar soni yana o‘sishiga sabab bo‘lishidan tashvishda. Shu sababli aholiga buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.