Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti qishda Yevropada koronavirusning xavfli tomonlari ortishini taxmin qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Tashkilot xabar berishicha, qishda Yevropada kamida 500 ming kishi ushbu kasallik tufayli halok boʼlishi mumkin. 

“Аgar Yevropa ittifoqi pandemiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirmasa, taxminlarimiz toʼgʼri boʼlib chiqishi mumkin”, – dedi JSST vakili Xans Klyuge. 

Kasallik ortishi tufayli Аvstriya, Vengriya, Daniya va Germaniyada cheklovlar kuchaytirilmoqda.

Аvvalroq Yevropa koronavirusning epitsentriga aylangani borasida maʼlumotlar paydo boʼldi.